Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TELEVIDENIYA YOKI RADIODA BOSHLOVCHI BOʻLISHNI ISTAYSIZMI?

19:21 08.06.2022

Bugun Andijon davlat tibbiyot institutida Andijon teleradiokompaniyasi tomonidan “Lider yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi. Unda teleradiokompaniya rahbari A.Isroilov, institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor S.Salohiddinov ishtirok etdi.

Suhbat davomida “Inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borilayotgan izchil islohotlarda OAV, ayniqsa, tele-radioning oʻrni, bugungi kun tomoshabininng talabi qanday? kabi mavzularda soʻz bordi. Bu borada mutaxassislar bir qator maʼlumotlarni berib oʻtdilar. Yoshlar ham oʻz oʻrnida qanday lavha va koʻrsatuvlarni qiziqib tomosha qilishlari haqidagi fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar.

Jurnalistika sohasiga qiziqqan, boshlovchi boʻlishni orzu qilgan yigit-qizlar uchun suhbat davomida kasting tashkil qilindi. Oʻz ijodiy mahoratini namoyish qilgan bir qator talabalar kastingning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtdilar va ikkinchi bosqich uchun teleradiokompaniyaga taklif qilindi.

Sizda ham mazkur kastingda ishtirok etish istagi tugʻilgan boʻlsa, institut matbuot xizmatiga murojaat qiling va bu borada sizga amaliy koʻmaklashamiz!

Skip to content Click to listen highlighted text!