Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

– YORUG‘ KELAJAGINGIZNI ZULMATGA ALMASHMANG, – DEDI ANDIJON SHAHAR IIB BOSHLIG‘I

13:34 09.06.2022

Andijon shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sh.Nazirov Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari bilan uchrashuv olib bordi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov ishtirok etdi.

Muloqot davomida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, giyohvandlik iste’moli, savdosiga aralashib qolmaslik, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi  dori vositalari savdosidan ogoh bo‘lish, o‘g‘irlik, talonchilik kabi salbiy holatlardan yiroqda bo‘lish mavzularida so‘z bordi. Talabalarga bugungi kunda yoshlarga barcha sohalarda ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklardan oqilona foydalanib, bo‘sh vaqtlarni o‘qish va o‘rganish bilan o‘tkazishlari alohida ta’kidlab o‘tildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!