Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

2-KUN: “PROFILAKTIK TIBBIYOTDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

12:53 11.06.2022

Ma’lumki, Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi rejasiga kiritilgan, hamdo‘stlik mamlakatlar olimlari ishtirokidagi “Profilaktik tibbiyotda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Bugun mazkur ilmiy-amaliy anjumanning ikkinchi kuni. Unda 10 dan ortiq davlatlarning vakillari hamda respublikamizning 30 dan ortiq mutaxassislari onlayn va offlayn tarzda ishtirok etmoqda.

Ayni damda shahrimizdagi Hamkor biznes markazi hamda institutning asosiy o‘quv binosida “Ichki kasalliklarning oldini olishda yangi innovatsion texnologiyalar: VICh/OITS, Covid-19 va infeksion kasalliklar profilaktikasi, tashxislash va davolash”, “Shoshilinch va rejali jarrohlikda asoratlarni prognozlash, profilaktikasi va innovatsion texnologiyalar bilan davolash”, “Oila shifokori faoliyatida kasalliklarni olib borishda innovatsion yondoshuvlar. Jamiyatda sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom ovqatlanishni shakllantirish”, “Bolalar va o‘smirlar kasalliklarini erta tashxislash va davolash. Ayollar ginekologik kasalliklarini zamonaviy tashxislash va davolash”, “Travmatologik, ortopedik, neyroxirurgik kasalliklarni davolashga zamonaviy yondoshuv”, “Tibbiy biologik fanlar bo‘yicha nazariyot va amaliyotga yangi tavsiyalar, standartlarni qo‘llash” kabi mavzularda  olimlar va mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar olib borilmoqda. Shuningdek, anjuman doirasida “Yosh olimlar tanlovi” ham o‘tkazilmoqda. Unda magistrlar, mustaqil izlanuvchilar, doktorantlar tibbiyotning turli yo‘nalishdagi ma’ruzalari bilan qatnashishmoqda.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!