Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

GʻALABA MUBORAK, MUZAFFAR!

20:28 15.06.2022

Talabalarimiz birgina tibbiyot sohasida emas, sport sohasida ham ulkan yutuqlarga erishmoqdalar. Hozirgina kelgan qaynoq yangilikni sizga ham ilindik.

Portugaliyaning Madeyra shahrida boʻlib oʻtayotgan para suzish boʻyicha jahon chempionatida erkaklar oʻrtasida S13 klassida 100 metr masofaga erkin usulda suzish boʻyicha Andijon davlat tibbiyot instituti Kasbiy taʼlim yoʻnalishining 2-bosqich talabasi Muzaffar Tursunxoʻjayev 53.33 soniya natija bilan marraga 2-boʻlib yetib keldi va kumush medalga sazovor boʻldi.

Muzaffar, sport sohasidagi kelgusi yutuqlaringiz yanada bardavom boʻlsin!

Skip to content Click to listen highlighted text!