![](https://adti.uz/wp-content/uploads/2022/06/elon-scaled-3.jpg)
Xabaringiz bor, iyun oyi «Yoshlar oyligi» sifatida butun mamlakatimiz boʻylab keng nishonlanmoqda. Sizlarni oylik doirasida viloyatimizda tashkil etilayotgan «Andijon yoshlar forumi-2022» gala-konsertiga taklif etamiz. «Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostidagi konsertda yurtimizning mashhur sanʼatkorlari, estradamiz yulduzlari ishtirok etadi. Barchangizni 27-iyun soat 18:00da Andijon shahridagi Navoiy shoh koʻchasi Alisher Navoiy bogʻi yonida kutamiz.