Qurbon hayiti munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan hayrli tadbirlar tashkil etish start oldi. Birinchi manzil Oʻzbekiston Respublikasi tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi viloyat tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi tasarrufidagi Boʻtaqora “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi boʻldi.
Tadbirda institut rektori M.Madazimov ishtirok etib, internat uyi rahbarlari bilan yaqindan suhbatda boʻldi va mutasaddilar jamoamizga internat uyi sharoitlari bilan tanishtirdilar. Suhbat davomida institut rektori erkaklarning salomatligini tiklash uchun 16 turdagi mutaxassis shifokorlar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar oʻtkazish taklifini bildirdi.
Shundan soʻng institut tomonidan internat uyida yashovchi erkaklarga atalgan sovgʻa-salomlar taqdim etildi.