- Kafedra mudiri PhD: KILICHEVA IKBOLOY BAXTIYARJANOVNA
- Ish vaqti: 8.00 – 17.00
- Mobil Aloqa: +99891 606 12 73
- Email: zulunova-78@mail.ru
- Boshchilik qilmoqda:
Normal fiziologiya kafedrasi 1956- yili tashkil qilingan. Uning dastlabki shtati: 28 yoshli biologiya fanlar nomzodi G.F.Korotko, dotsent R.P.Pulatov va ikkita assistentlar: ToshMIning ichki kasaeliklar propedevtikasi kafedrasidan o‘tkazilgan Sh.K.Botirov va shu institutni normal fiziologiya kafedrasidan o‘tkazilgan Yu.A.Sherbakovlardan iborat edi.
1957- yilda dotsent R.P.Pulatov patalogik fiziologiya kafedrasiga mudir bo’lib va Sh.K.Botirovni ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasiga assistent bo’lib o’tib ketishlari tufayli kafedrada o’qituvchilar yangilandilar. ToshMI dan assistent lavozimiga Z.X.Xalilov o’tkazildi. Andijon davlat pedagogika institutidan soatbay ma’ruza o’qish uchun dotsent A.X.Yusupov taklif qilindi va biologiya kafedrasidan assistentlik lavozimiga M.E.Islyamova o’tkazildi. Kafedra tashkil etilishining ilk yillaridan boshlab ilmiy ishlar yo’lga qo’yilgan. ToshMIda boshlangan «Yuqori haroratni hazm sistemasiga ta’siri» mavzusidagi ilmiy ish davom ettirildi. Ilmiy ishlarni yo’lga qo’yishda Moskva va Leningrad shahridan olimlar professorlar- G.K.Shligin, A.M.Ugolev va L.S.Fominalar yordam qildilar. 1958- yili Leningrad universitetini bitirgan. I.V.Tolstopyatova katta laborant lavozimiga keldi va shu yili ToshDU talabasi S.E.Zunnunova diplom ishini bajarish uchun keldi. 1959- yili kafedra dotsenti lavozimiga Voroshilovograddan YE.Ya.Dumin keldi va qisqa davr mobaynida ish olib bordi.
Kafedrada 1960-yil aspirantura ochildi va unga birinchi aspirant bo’lib J.Dadamirzayev va ikkinchi bo’lib S.E.Zununovalar qa’bul qilindilar. 1988 yili aspiranturada A.N.Kodirov taxsil oligan. Aspirantura orqali juda ko`p ilmiy xodimlar (B.N.Nuritdinov, K.B.Inamova, B.N.Juraboyev, A.A.Ablyazov, A.N.Aripov, K.Yu.Latipova, Yu.A.Kalinin, E.A.Vepritskaya, Sh.K.Kodirov, A.N.Kurzanov, Z.S.Salaxiddinov, M.T.Butaboyev,A.X.Abduraxmonov, A.A.Nishanova) ilmiy shlarini yakunladilar va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar.
1960 -yilga kelib klimatofiziologiyaga bag`ishlangan mavzu tugallandi va xazm bezlari fermentlarini urganish boshlandi. 1959-yili G.F.Korotko doktorlik dissertatsiyasini, 1962-yili Yu.A.Sheyerbakov nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildilar. Kafedrada 1960- yillardan boshlab ilmiy ishlar rivoji juda ortdi.
Kafedrada o’quv uslubiy ishlar ham yaxshi yo’lga qo’yilgan. G.F.Korotko 1985, 1987, 1988- yillarda normal fiziologiya bo’yicha Moskvada chiqarilgan darsliklar va amaliymashgulotlar praktikumi (1988) hammuallifidir. Sh.Q.Qodirov va J.D.Dadamirzayevlar normal fiziologiya bo’yicha ana shu amaliy mashgulotlar praktikumini o’zbekchaga tarjima qilib, 1996- yili chop etishgan. Kafedra tashkil bo‘lgandan beri quyidagilar unga mudir bo‘lib ishladilar: professor G.F.Korotko 1956-1992; professor V.G.Suxoterin 1992-1994; professor Sh.K.Kodirov 1994-2012 boshqarib kelgan
Kafedrada professor G.F.Korotko muallifigida 10 ta monografiya yozilgan: «Funksii organov pishyevareniya v jarkom klimate» 1960 y., «Inkresiya i videleniye pepsinogena» 1966y, «Vыdelenie fermentov jelezami» 1971 y., «Uropepesinogen » 1974 y., «Rukovodstvo po fiziologii jeludka» 1974 y., «Jeludochnoe piщevarenie yego funktsionalьnaya organizatsiya organizma i rolь v piщevaritelьnom konveyere» 1980 y., «Fermentы piщevaritelьnыx jelyoz v krovi (ocherki o fermentnom gomeostaze» 1983 y., «Aktivnыy obraz jizni i zdorovьe studentov» 1988 y., «Sekresiya jelez. Ocherki (traditsionniye i netraditsionniye aspekti sekretornogo protsessa)» 1986 y., «Vvedeniye v fiziologiyu jeludochnokishechnogo trakta» 1987 yil. Sh.Q.Qodirov va A.N.Qodirovlar muallifligida 1ta monografiya yozildi: «Osnovniye vozrastniye konstanti i pokazateli fiziologii cheloveka (Spravochnik dlya vrachey vsex spesialnostey)» 1997- yil. Toshkent tibbiyot instituti normal fiziologiyasi kafedra mudiri dotsent O.T.Alyaviya
QODIROV SHOKIR QODIROVICH
Normal fiziologiya kafedra professori,
tibbiyot fanlari doktori
ALEYNIK VLADIMIR ALEKSEEVICH
Normal fiziologiya kafedra professori,
tibbiyot fanlari doktori
Xudoyarova Albina Gumarovna
Normal fiziologiya kafedra dosenti,
tibbiyot fanlari nomzodi
BAYBEKOVA GULFIYA DJIGANSHAEVNA
Normal fiziologiya kafedra dosenti,
tibbiyot fanlari nomzodi
QODIROV ABDUGAFUR NEMATOVICH
Normal fiziologiya kafedra dosenti,
tibbiyot fanlari nomzodi
ABDURAXMONOV AVAZBEK HOSHIMOVICH
Normal fiziologiya kafedra dosenti,
tibbiyot fanlari nomzodi
MAMAJANOVA OYGUL SIROJIDDINOVNA
Normal fiziologiya kafedra assistenti,
biologiya fanlari nomzodi
O‘LMASOV IRGASHEVA DILDORA GANIEVNA
Normal fiziologiya kafedra assistenti
MIRZARAXIMOVA MARINA ANVARJANOVNA
Normal fiziologiya kafedra assistenti
KAFEDRA MANZILI, JOYLASHGAN KLINIK BAZALARI
- BAZA …..
- FANLAR…