- Kafedra mudiri: Mark Leyzerovich Agranovskiy
- Ish vaqti: 8.00 – 17.00
- Aloqa: +99891 606 20 30
- Email: agrmark@mail.ru
1955 – yilda O’zbekiston hukumati qaroriga binoan Andijon shahrida tibbiyot instituti ochilib, turli kafedralar bunyodga kela boshladi.
Psixiatriya kafedrasi 1959 – yil avgust oyida viloyat shifoxonasi nevrologiya bo’limi bazasida tuzilgan. Kadrlar yetishmaganligi sababli Samarqand va Toshkentdan psixiatrlar taklif qilingan.
Birinchilardan bо’lib, X. A. Alimov, K. A. Mamedov, A. A. Askarov, R. S. Tursunova va boshqalar kafedrada faoliyat yurita boshlagan. 1961 – yilda kafedra mudiri bo’lib tibbiyot fanlari doktori Alimov Xudoyor Alimovich tayinlandi. U 1965 – yildan I – Toshkent davlat tibbiyot institutiga psixiatriya kafedrasi mudiri etib tayinlandi. Kafedraning birinchi assistentlaridan Mamedov Kuli Alievich, tibbiyot fanlar nomzodi (1963- 1967), Askarov Akbar Asqarovich (1963- 1969), Zoxidov Javad Abdullaevich (1963- 1964). Shu yillarda kafedrada quyidagi assistentlar ishlagan: tibbiyot fanlari nomzodi Iosifovich Nikolay (1964- 1968), Karimov Ro’zi Karimovich (1959- 1965), Qaxxarova Regina Abduraxmonovna (1961-1973). 1965 – yildan dotsent R.S. Tursunova kafedrani boshqardi va 1983- yilgacha shu lavozimda ishlab keldi. Uning raxbarligi ostida bu davrda kafedrada quyidagi xodimlar ishladi: Sodiqov Igor Denisovich (1965- 1981), Xojibekova Klara Xudoyqulovna (1968- 1995), Matkarimov Yaqub Matkarimovich (1969-1995), Zorkina Valentina Nikolaevna (1968- 1991), Shamsiboeva Muazzam Mamadalievna (1982- 1985).
1975- yilda kafedraga institutimizning iqtidorli bitiruvchisi M. L. Agranovskiy ishga kelgan. 1987 – yilda psixiatriya, narkologiya va tibbiy psixologiya kafedrasiga mudir etib saylandi. 1982 – yilda «Sotsialno- trudovoy prognoz bolnix periodicheskoy shizofreniey (sravnitelnoe kliniko- epidemiologicheskoe issledovanie)» mavzusidagi nomzodlik disertatsiyasini muddatidan oldin himoya qildi. 1992 – yilda M. L. Agranovskiy «Sootnoshenie endogennix i ekzogennix faktorov v riske razvitiya pristupov shizoferenii (kliniko – epidemiologicheskoe issledovanie)» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va shu yilda M. L. Agranovskiyga professorlik ilmiy unvon berildi. Professor M. L. Agranovskiy tomonidan 1300 dan ortiq ilmiy maqolalar, hamda 189 ta ilmiy- uslubiy tavsiyalar va 15 ta darslik va 8 ta monografiya nashrdan chiqqan. Professor M. L. Agranovskiyning ilmiy rahbarligi ostida jami 14 nafar tibbiyot fanlari nomzodlari va 2 nafar tibbiyot fanlari doktorlarii dissertatsiyalarini yoqlashgan. Hozirda 20 dan ortiq erkin izlanuvchilarga rahbarlik qilib kelmoqda.
1986– yilda kafedrada quyidagi hodimlar ishladi: Avanesov Aram Georgievich (1986- 1990), Kadirov Ayder Georgievich (1986- 1989), Kasimov Rustam Alimovich (1986- 1998), Xasan- Zade Maxira Alievna (1987- 2002), Jalilov Shukurullo Xudoyberdievich (1988- 2001), Raximova Xanifa Nabievna (1988- 1990), Inokova Gulnora Xamidovna (1989- 1990), Yusupova Munavar Abduraimovna (1992- 1994), Isakov Mash’al Urmonbekovich (1992- 1998), Xojiev Valijon Tuxtasinovich (1992- 1994), Urmanov Shavkat Rashidovich (1993-2003), Jakbarov Oybek Odilovich (1992- 1997), Usmanova Ra’no Marsovna (2000- 2002). Gurman Elena Georgievna (2005- 2016).
Hozirgi kunda t.f.d., professor Agranovskiy Mark Lazarevich psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda. Kafedra jamoasi 22 nafar xodimdan iborat: Kafedra dotsenti, t.f.n., A. A. Mirzayev, kafedra dotsenti, ph.d., M. A. Dolimova, ph.d., N. N. Djuraev, katta o’qituvchilar; A. E. Malikova (Kafedra zavuchi), N. K. Sarbaeva, M. B. Usmanova, R. K. Mo’minov; assistentlar: Islamov Sh. X., Isakov M. U., Saliev M. M., Dalimova S. A., Azimova G. A., Karimov A. X., Soliyev D. M., Pulatova R. R., Kozimjonova I. F., Topvoldiev M. K., Maxmudova X. X., Ubaydullaeva R. R., O. A. Madaminov, A. A. Rahimov va doktorant Mamatxonov M. M.
Mirzaev Abdurahmon Alisherovich
t.f.n., kafedra dotsenti
Dolimova Maxfuza Alimovna
Ph.d. Dotsent
Djuraev Nodirbek Nematjonovich
Ph.d
Sarbaeva Nasiba Kuchkanovna
Katta o’qituvchi
Usmanova Matluba Baytumanovna
Katta o’qituvchi
Mo’minov Raximjon Kayumjonovich
Katta o’qituvchi
Islamov Shavkatbek Habibullayevich
Assistent
Saliev Mirzoxid Mirza-Abduraxmanovich
Assistent
Azimova Gulchexra Azizbekovna
Assistent
Dalimova Saida Amanullayevna
Assistent
Karimov Abdulvoxid Xatamovich
Assistent
Pulatova Regina Rinatovna
Assistent
Soliyev Dilgirbek Maxamatsharifovich
Assistent
Kozimjonova Iroda Faxriddin qizi
Assistent
Topvoldiyev Murodjon Kobuljonovich
Assistent
Mahmudova Xurshidaxon Xamidullo qizi
Assistent
Madaminov Oyatillo Abduvosil o’g’li
Assistent
Rahimov Alisher Akmaljon o’g’li
Assistent
Kafedra bazalari
- Detskaya psixiatriya
- Tibbiyot psixologiyasi
- Psixiatriya va narkologiyada hamshiralik ishi
- Umumiy va xususiy psixiatriya
- Obshaya psixopatologiya
- Bolalar Psixiatriyasi
- Chegaraviy Psixiatriya
- Suisidning Psixoprofilaktik
- Suitsidologiya
- Umumiy psixopatologiya va xususiy psixiatriya 2021 yil