Pediatriya kafedrasi – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Pediatriya kafedrasi

Pediatriya kafedrasi
mudiri, dotsent
ARZIBEKOV ABDUQODIR
G`ULOMOVICH
Tel: +99890-573-18-12
e-mail: arzibekov1955@mail.ru

 

PEDIATRIYA KAFEDRASI TARIXI VA FAOLIYATI

«Bolalar kasalliklari» kafedrasi 1959 – yili tashkil qilinib, kafedra mudiri lavozimiga tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Ilyasov Anvar Ilyasovich saylangan. Kafedra assistenti lavozimiga Chukanin N. N., Etsina E.S., Bezrukova Z.A., Skirinevskaya A.I lar qabul qilingan. 1966 – yili institutimizda «Pediatriya» fakultetini ochilishi munosabati bilan kafedra davolash va pediatriya fakultetlarining «Bolalar kasalliklari» kafedrasi maqomini olgan. Bu kafedraga kafedra mudiri etib N.N. Chukanin saylangan va jamoaga Mamadjanova D.M., Arikbaev U.A., Sulaymonov Z.S., Valieva Sh.I., Iminova S.A. assistentlar bo‘lib qo‘shilgan. 1979 – yil 25-avgustdagi institut rektorining davolash fakultetida «Pediatriya» kafedrasini tashkil qilish to‘grisidagi buyrug‘iga asosan «Bolalar kasalliklari» kafedrasidan davolash fakultetini «Pediatriya» kafedrasi ajralib chiqqan va Andijon shahar 2-bolalar klinik shifoxonasida joylashgan. Yangi ochilgan kafedraning kafedra mudirligi lavozimiga tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Mamadjanova D.M. saylangan va 2000 yilgacha shu lavozimda ishlagan. 2000-2005 yillari kafedra mudiri lavozimida dotsent A.G. Arzibekov ishlagan. O‘tgan yillar davomida Shermatova M. R., Alieva M.M., X. S. Qodirov, U. Abduxakimov, G.S. Axmadjanova, L.Ya. Grigoryans, A.Sh. Arziqulov, O. Mo‘minov, B.S. Qayumov, M.Abdullaeva, S. Saloev, M.A.Umarova, D.A. Abdullaeva, B.T. Abduxaliqova, F.X. Bakirova, X.F.Maxsudova, L.S.Salimgarieva, 70 Sh.R. Iskandarova, K.S. Inamov, G.K. Maxpieva,G. kafedra assistenti, dotsenti lavozimlarida ishlashdi va ishlashmoqda. 2006-yili kafedralarning qo‘shilishi munosabati bilan, kafedra «Bolalar kasalliklari propedevtikasi va pediatriya kafedrasi, VMOF neonatologiya kursi» nomini olgan. Yangi tashkil qilingan kafedra mudiri etib professor A.Sh.Arziqulov saylangan. Shu kafedra tarkibiga t.f.d. X.T.Xudoyberdieva, dotsentlar: A.G.Arzibekov, E.M.Yaxudaev, M.B.Ibragimov, assistentlar: M.M.Jalalova, O.A.Karimova, I.A.Noralievlar qo‘shilishdi. 2010-yildan VMOF neonatologiya kafedrasi alohida ajraldi va kafedra «Bolalar kasalliklari propedevtikasi va pediatriya» kafedrasi deb nomlandi. Kafedra mudiri etib dotsent A.G.Arzibekov tayinlandi. Shulardan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi,t.f.d. professor N.N.Chukanin Rossiya fanlari akademiyasiga qarashli «Bolalar salomatligi ilmiy markazida» bo‘lim mudiri lavozimida ishlagan, t.f.d., L.Ya.Grigoryans Moskva shahrida «Gematologiya va qon quyish» ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim, t.f.d.professor A.Sh.Arziqulov pediatriya fakultetining dekani,o’quv ishlari bo’yicha prorektor lavozimida ishlab,2020 yildan A.SH.Arziqulov kafedra professori lavozimida ish faoliyatini boshladi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!