АNАTOMIYA VА KLINIK АNАTOMIYA KАFEDRАSI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

АNАTOMIYA VА KLINIK АNАTOMIYA KАFEDRАSI

  • Kafedra mudiri: Kaxarov Zafar Abduraxmanovich
  • Ish vaqti: 8.00 – 17.00
  • Mobil Aloqa: +99888 988 19 60
  • Email: kzafar1960@mail.ru

Ushbu kafedraning tarixi 1955-yilda Аndijon davlat tibbiyot instituti tashkil topishi bilan bogʻliq. Yangi tashkil etilgan Odam anatomiyasi kafedrasiga I.G.Mardershteyn rahbarlik qilgan. I.G.Mardershteyn dastlabki kunlardanoq kafedra moddiy texnik bazasini yaratishga qattiq kirishdi, oʻquv jihozlari, metodik qoʻllanmalar yaratishga katta e’tibor berdi. I.G.Mardershteyn anatomiya daholarining hayot faoliyatiga ilmiy yondashib, А.Vezaliy, Аbu Аli ibn Sino, N.Kopernik, N.I.Pirogov, V.N.Shevkunenkolarning hayoti bilan yaqindan tanishib chiqdi. 1958-1964-yillarda prof. I.G.Mardershteyn tomonidan endemik bo’qoqning yangi talqini ishlab chiqildi.
1959-yilda O.X.Xolmatov «Kekirdak bifurkatsiyasi jarrohlik anatomiyasi»ga bagʻishlangan ilmiy ishini yakunlab, nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
Sh.X.Xamidullin 1963-yil “Fargʻona vodiysida endemik (enzootik) bo’qoq” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1956-yili kafedraga yosh dotsent V.А.Babayeva ishga keldi va oʻz ilmiy ishini «Saraton kasalligining tarqalish xususiyatlari» mavzusiga bagʻishlab, 1965-yilda doktorlik dissertatsiyasini muvafaqqiyatli yoqladi.
1965-yilda G.N.Xaimov oʻzining “Oyoq magistral tomirlari jarohatidan soʻng hosil boʻluvchi kollateral qon oqimiga fizioterapevtik usullarning taʼsiri” eksperimental ilmiy ishini yakunlab, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1958-yilda kafedraga yosh olimlar N.N.Chukanin va N.G.Аleksandrovlar jalb qilindi va kafedraning oʻquv-uslubiy ishlari sezilarli darajada rivojlandi.
N.G.Аleksandrov 1973-yilda doktorlik dissertatsiyasini anatomiya yoʻnalishida himoya qildi va umrining oxirigacha shu kafedra mudiri lavozimida faoliyat koʻrsatdi.
1965-yilda kafedraning yosh iqtidorli ilmiy xodimi M.S.Soatov oʻzining «Fargʻona vodiysida homila va chaqaloqlarning qalqonsimon bezi morfologiyasi»ga bagʻishlangan nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi, soʻng shu kafedra dotsenti va 1974-yildan 1984-yilga qadar odam anatomiyasi kafedrasining mudiri, institut pediatriya fakulteti dekani lavozimida ishladi.
J.I.Valiyev 1962-yil kafedrada ish boshlab, 1970-yili «Qoʻl magistral tomirlari jarohatidan soʻng hosil boʻluvchi kollateral qon oqimiga fizioterapevtik usullarning ta’siri» mavzusidagi ilmiy ishini yakunlab, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. J.I.Valiyev 1988-yildan 1993-yilgacha Odam anatomiyasi kafedrasi mudiri lavozimida ishladi.



...

Djalolov Ravshan Jalolovich

Kafedra dotsenti, t.f.n, davolash ishi

+998 91 607-93-20

...

Mamajonov Zafar Abdujalilovich

Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, pediatriya ishi

+998 98 570-31-91

...

Ulugʻbekova Gulruxon Joʻrayevna

Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, oftalmolog

+998 90 388-73-63

...

Sattibaev Ilhomidin Inomovich

Tibbiyot fanlari nomzodi, katta oʻqituvchi

+998 97 975-53-35

...

Tulyanova Dilfuza Yakubovna

Katta oʻqituvchisi, pediatr

+998 94 568-11-58

...

Ahmedov Shavkat Sotivoldiyevich

Assistent, bolalar jarrohi

+998 99 109-35-72

...

Abdunabiyeva Hakimaxon Muxtaritdinovna

Assistent, akusher – ginekolog

+998 91 602-77-12

...

Ahmedov Ulugʻbek Bahodirovich

Assistent, bolalar jarrohi

+998 93 426-03-87

...

Umarova Muhabbatxon Zakirovna

Assistent, akusher-ginekolog

+998 93 214-10-73

...

Qodirova Munojatxon Nabijonovna

Assistent, pediatr

+998 90 211-62-63

...

Vahobov Lutfullo Abdumalik oʻgʻli

Assistent, urolog

+998 99 325-96-99

...

Abdurahimov Abduhalim Holiddin oʻgʻli

Assistent, morfolog, endokrinolog, nefrolog

+998 97 582-91-17

...

Nazirjonov Orifxoʻja Xusanxoʻja oʻgʻli

Assistent, tadqiqodchi morfolog

+998 90 388-50-80

...

Xaydarova Gulira’no Abdugʻani qizi

Assistent, akusher – ginekolog

+998 90 217-77-68

...

Zaripova Rano Masudovna

Assistent, pediatr

+998 91 602-79-97

...

Ashuralieva Gulxumor Qaxxarovna

Assistent, nevrolog

+998 91 493-32-82

...

Karabayev Abdumalik Xamidjanovich

Assistent, otorinolaringolog

+998 99 303-17-75

...

Ibragimov Izzatillo Tursunovich

Assistent, bolalar anesteziolog-renimatologi

+998 90 254-84-84

...

Ibragimova Xurshidabonu Zafarovna

Assistent, oftalmolog

+998 93 173-17-42

Kafedraning ilmiy-tadqiqod loyihasi

  1. Kafedra mudiri boshchiligidagi ilmiy jamoaning bir necha yillik mehnatlari natijasi oʻlaroq, qiymati 700 mln soʻmdan ziyodroq boʻlgan “Anatomiya va klinik anatomiya fanidan masofaviy ta’limni amalga oshirish uchun virtual-simulyatsion oʻquv laboratoriya tashkil etish” loyihasi davlat grantiga loyiq topildi. Loyiha 2022-2024-yillarga moʻljallangan boʻlib, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda zamonaviy innovatsion ta’lim usullarini amaliyotga tadbiq etish, oʻqitishning ilgʻor texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni tijoratlashtirishni koʻzda tutadi. Loyiha doirasida zamonaviy anatomik modellarni 3D printerda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida ikki nafar ilmiy xodim- dotsent Z.A. Kaxarov va O.X. Nazirjonovlar 2023-yil mart oyida Rossiya federatsiyasining Samara davlat tibbiyot universitetida malaka oshirib qaytdilar. Loyiha natijalari bir necha xalqaro konferensiyalarda doklad qilindi va dunyo olimlari tomonidan yuksak baholanib, e’tiroflarga sazovar boʻldi.
    Kafedra qoshida yaratilgan virtual-simulyatsion oʻquv laboratoriyasida talabalar zamonaviy anatomik programmalar bilan ta’minlangan smart doska yordamida odam tana a’zolarini 3D holatida toʻliq tasavvur hosil qilgan holda osonroq oʻrganishlariga imkoniyat yaratildi. Bundan tashqari, inson modelini uch oʻlchamda haqiqiy odam tanasi darajasida ifodalab berish imkoniga ega boʻlgan virtual koʻzoynaklar ham shu maqsadlarda xizmat qilmoqda.

  1. FANLAR
Skip to content Click to listen highlighted text!