Bugungi kunda talabalarni turar-joy bilan ta`minlash dolzarb masalalardan biridir. Muhtaram Prezidentimizning 2021-yil 21-martdagi 563 – sonli qaroriga asosan, 2022 -yil 7 -mart kuni davlat sherikchiligi asosida TTJ ni qurish va jihozlash ishlari rejalashturilgan bo`lib, Andijon davlat tibbiyot institutida ja`mi 28.236.238.000 so`m qiymatdagi bino qurilishi ishlari boshlab yuborilgan. Bugungi kunga qadar 12.mld .430 mln.so`mlik ishlar bajarildi. Yozning issiq, haroratli ob-havosiga qaramay, mas`ullar va quruvchilar o`tib borayotgan har bir kunni g`animat bilib, harakat qilishmoqda. Bu boradagi ishlarning ko`lami va olg`a borishi institut rahbariyati tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Ayni kunlarda Andijon shahar, Navoiy shoh ko`chasi, 124 – uyda joylashgan Andijon davlat tibbiyot institute akademik litseyi hududida ko`rkam va shinam – yangi TTJ binosi qad rostlamoqda. Qurilish A.Mamadaliyev boshchiligidagi “Asadillo Omad imkon” MCHJ quruvchilari tomonidan sifatli va jadal olib borilmoqda. Qurilish ob`yektida 3-avgust holatiga ko’ra 12 nafar ishchi belgilangan me’yorlar asosida binoning 1- va 2- qavatida qurilish-montaj ishlarini nihoyasiga yetkazishmoqda. Ichki devorlarga pardoz berish, yuvinish xonalari qurilishi amalga oshirilib, zinapoyalar o`rnatilmoqda. Barcha qurilish ishlari me’yoriy hujjatlar va loyihaga asosan bunyod etilmoqda, 2022-yil 1-dekabrda talabalar yangi va zamonaviy 400 o`ringa mo`ljallangan talabalar turar joyiga ega bo`ladilar.