2022/2023 o‘quv yili uchun klinik ordinatura(rezidentura)ga
hujjat topshiruvchilar!
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil
18-iyuldagi 200-sonli buyrug‘i asosan Koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq pandemiya sharoitida 2022/2023-o‘quv yili qabulida hujjat topshiruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ro‘yxatdan o‘tish jarayoni onlayn tarzda institutning rasmiy veb-saytining www.ko.adti.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
Quyidagi hujjatlar PDF shaklida topshiraladi:
- Institut rektori nomiga klinik ordinaturaga tanlovda ishtirok etish to‘g‘risidagi ariza.
- Pasport doimiy yashash joyi ko‘rsatilgan beti bilan
- Oliy ta’lim muassasasini tugatganlik to‘g‘risidagi diplom va uning baxolar ilovasi
- 86–X shakli
- Mehnat daftarchasi xar bir beti
Chet el va Mustaqil Davlatlar Hamdustligi mamlakatlari oliy ta’lim muassasalarini o‘qib bitirgan shifokorlar oliy ta’lim muassasasi tomonidan berilgan diplomga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan nostrifikatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ham topshirilishi so‘raladi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasidagi ta’lim, malaka va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitimga muvofiq 2019-yil 30-may sanasidan sung tugatgan bitiruvchilar va dunyoning top 1000 taligiga kiruvchi oliy ta’lim muassasasalari bundan mustasno.