- Kafedra mudiri: Butaboyev Maxmudjon Tuxliboyevich
- Ish vaqti: 08:00 – 15:30
- Mobil Aloqa: +998 93 415 55 05
- Email: butaboyev1961MT@gmail.com
Andijon davlat tibbiyot institutining jismoniy tarbiya kafedrasi qoshida 1959-yilda davolash jismoniy tarbiyasi va shifokor nazorati fani o‘z faoliyatini boshladi. Kafedra mudiri A. Nogay edi. 1962 – yilda esa alohida kurs bo‘lib, dotsent Reznikov rahbarlikni faoliyat ko‘rsatadi. 1969 – 1973 – yillardan boshlab Litvak A.S. boshchiligida davom ettirdi. 1973-2005 yillargacha professor Jo‘rayev A.J. boshchiligida faoliyatni davom ettirgan, undan beri bir necha o‘zgarishlar bo‘ldi. 1975-yildan boshlab ADTI qoshidagi klinikaning fizioterapiya bo‘limiga ko‘chib o‘tilgan. 1976-yili dars soatlari ko‘payishi bilan kafedra deb e’lon qilindi. 1975 – yildan boshlab hozirgi kungacha dars soatlari ko‘payishi va ozayishi munosabati bilan kafedra – kurs va yana kafedra bo‘lib yuritila boshladi. Kafedra nomi qanday nomlanishidan qat’iy nazar qilinayotgan xizmat doirasi o‘zgarmadi. Ilmiy tadqiqot ishlari, davolash va yangi davolash usullarini amalda tatbiq qilish ishlari o‘z yo‘lida rivojlanib, davom etib kelmoqda. 1985-yildan davolash jismoniy tarbiyasi, shifokor nazorati kafedrasiga ADTI klinikasining bosh shifokori Abdullajonov A.A. 200 o‘rinli sanatoriya tipidagi balneofizioterapiya bo‘limlarini taqdim etdi (bizning qilgan xizmatlarimizga mukofot desak ham bo‘ladi). Bu maskanda talabalarni o‘qitish ishlari yanada yahshilandi. Har bir taklif qilingan yoki ixtiro qilingan usullarni bevosita qo‘llab, ular natijasini o‘zimiz va talabalar ko‘radigan bo‘ldi.
Bu hol talabalarni amaliy tajriba va mashg‘ulotlaridan olinayotgan taassurotlarini chuqurlashtirib ishonchliroq, aniqroq bilim olishga yordam bermoqda. Bu esa talabalarni va aholini bizning kafedramizga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
Kafedradan talabalarni amaliy tajriba va ilmiy tadqiqotlar, yangicha davolash usullarini amaliy qo’llash o’ziga xos tarzda rivojlanmoqda. 2005 – yilda kafedra jismoniy tarbiya, shifokor nazorati, davolovchi jismoniy tarbiya va fizioterapiya kafedrasiga o’zgartirildi. Kafedraga dotsent O. A. Muxtorov boshchilik qildi. 2015 – yildan boshlab 5A510127-Sport tibbiyoti mutaxassisligi bo’yicha magistratura ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash doirasida o’qitilmoqda. 2017 – yilda kafedra «Reabilitologiya va jismoniy tarbiya», 2020 – yildan esa «Reabilitologiya, sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya»deb nomlanadi. 2018 yil yanvar oyidan boshlab kafedrani M. T. Butaboyev boshqarmoqda.
Kafedramiz tashkil etilganidan beri 2 nafar doktorlik, 6 nafar nomzodlik ishlari himoya qilindi, 50 nafar klinik ordinator, 6 nafar magistr bitirib, turli sohalarda muvaffaqiyatli ishlamoqda.
Kafedraning tayanch doktoranti Toxtiyev J. B. «Kurash milliy sport turi bilan shug’ullanuvchi sportchilarning morfofunktsional holati va jismoniy tayyorgarlik dinamikasi» mavzusida tadqiqotlar olib bormoqda.
Kafedra xodimlari tomonidan talabalar bilimini nazorat qilishning yangi shakllarini ishlab chiqqan holda amaliy mashg‘ulotlar mavzulari bo’yicha o’quv dasturlari, o’quv-uslubiy qo’llanmalar tayyorlanadi.
Kafedrada talabalarning ilmiy ishlari rag’batlantiriladi. Talabalarning ilmiy izlanishlard aishtirok etishi, talabalar ilmiy to’garagining muntazam yig‘ilishlari o’tkazilib, talabalarning turli konferensiyalarda qatnashib, shuningdek, respublika tanlovlarida qatnashib faxrli o’rinlarnii egallab kelishadi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari va xodimlari ro‘yxati
Minavarov Rasuljon Anvarovich
Kafedra o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ul katta o‘qituvchi
Qodirov M.M
O‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha mas’ul, assistent
Soliyev Ilxomjon Maxammadjanovich
Kafedra davolash ishlari boyicha mas’ul katta o‘qituvchi
Isaqov Qobiljon Komiljon o‘g‘li
Kafedra katta o‘qituvchisi
Kosimov Islombek Ulug‘bek o‘g‘li
Kafedra katta o‘qituvchisi
OlimovaNilufarAdhamovna
Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati uchun mas’ul
Kamalova Nigora Lazizovna
Kafedra assistenti
Azimov Alisher Raxmonovich
Kafedra ilmiy ishlari bo‘yicha mas’ul, assistent
Bo‘taxonov Farrux To‘lqinjonovich
Kafedra assistenti
Sodiqov Sardorbek A’zamjonovich
Kafedra assistenti
Toxtiyev Jaxongir Baxtiyorovich
Kafedra assistenti
Ergashev Elmurodjon Erkinjonovich
Kafedra assistant
Axmadjonov M.A
Kafedra assistenti
Ergashev Azizbek Alijon o‘g‘li
Kafedra assistenti
Valiyev Ravshanbek Axmadjonovich
Kafedra assistenti
Pulatov Sarvarjon Sobirjono’g’li
Kafedra assistenti
Tyan Denis Lvovich
Kafedra assistenti
Kafedra Andijon viloyati, Andijon tuman tibbiyot birlashmasida joylashgan. Manzili: Andijon viloyati, Andijon tumani, Ekin tikin, Chorbog’ mahala, 75-uy.