Andijon shahridagi Yoshlar markazida Andijon davlat tibbiyot instituti bakalavriyat ta’lim yo`nalishlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalalariga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi.
Yig`ilishni Andijon viloyati hokimining ijtimoiy masalalar bo`yicha o`rinbosari Nasibillo Mo`minov ochib, viloyat sog`liqni saqlash muassasalaridagi bo`sh ishchi o`rinlari, institutni bu yil andijonlik jami 566 hafar bitiruvchi tamomlaganligi, ularni birlamchi tibbiyot muassasalariga ishga joylash masalalari xususida gapirib o`tdi.
Yoshlar markaziga tashrif buyurgan institut rektori M.Madazimov, O`quv ishlari bo`yicha prorektor B.Abdullajonov, viloyat Sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i Q.Yorqulov, institutdan va TTBlaridan biriktirilgan mas`ullar har bir andijonlik bitiruvchi bilan yuzma-yuz suhbatlashib, ishga joylashtirish bo`yicha muhim topshiriq va vazifalarni belgilab oldilar.
Yig`ilish yakunida mas`ul vakillar yoshlar bandligini ta`minlash, ularni munosib ish o`rinlariga joylash, yoshlarni malakali ustozlarga biriktirish orqali xalqimiz salomatligini mustahkamlash, qolaversa, xalqimizni tibbiyotdan rozi qilishdek olijanob maqsadlar ko`zlanlanganligi har bitiruvchiga uqtirdilar. Bitiruvchi yoshlar bunday g`amxo`rlikdan mamnun bo`lib, biriktirilgan mas`ullar bilan o`z hududlariga (o`zi tug`ilib o`sgan shahar va tumanlariga) yo`l oldilar.