Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi Sun’iy buyrak bo‘limi hamshirasi Mo‘minjonova Feruzaning murojaatiga Andijon davlat tibbiyot instituti axborot xizmatining rasmiy munosabati

14:54 12.08.2022

Murojaatchi Mo‘minjonova Feruza o‘z audioxabarida Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi sun’iy buyrak bo‘limi katta hamshirasi tomonidan sanitarka va hamshiralarga juda ko‘p tazyiqlar o‘tkazilayotgani, buning sababi Yusupova Dildorani Sog‘liqni saqlash vazirligiga katta hamshira Alimova Kamolaning kirdikorlarini fosh qilganligi va bular tekshiruvda o‘z tasdig‘ini topganligi, klinikaning bosh vrachi Bahodir aka bilan til biriktirgani, adolatsizlik bilan butun sun’iy buyrak bo‘limini rotatsiya qilinishi buyurilgani, oddiy hamshira va sanitarkalar jazolanayotganini bildirgan.

Hamshira Yusupova Dildoraning shikoyati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ishchi guruhi tomonidan atroflicha o‘rganildi va tegishli xulosa qilingan. Ishchi guruh xulosasiga ko‘ra Alimova Kamolaning “kirdikorlari fosh bo‘lganligi” to‘g‘risidagi fikrlari qisman  o‘z tasdig‘ini topganligi uchun K.Alimova va bo‘lim mudiri R.Abdullaev o‘z lavozimidan ozod etilgan. “Klinika bosh vrachi B.J.Rahmonov bilan katta hamshira o‘zaro til biriktirgan”lik holati asossiz ekanligi aniqlandi. Bo‘limda xodimlarni rotatsiya qilinishi ishchi guruh tomonidan taklif sifatida bosh vrachga ko‘rsatib o‘tilgan, biroq bu ishlar hali amalga oshirilmagan.

Vaholanki, ish beruvchi Mehnat qonunchiligiga ko‘ra, mehnat shartnomasida shartlashib olinmagan ish joyini o‘zgartirish huquqiga ega, xodimning mehnat vazifalari o‘zgartirilmaganligi sababli bu haqda xodim bilan oldindan kelishish talab qilinmaydi (Mehnat kodeksining 91-moddasi). Bundan kelib chiqadiki, muassasa rahbari xodimlarning roziligisiz ham ularni bir bo‘limdan boshqa bo‘limga o‘tkazishga haqli va bu holat, ya’ni rotatsiya mehnat shartlarini o‘zgartirish deb hisoblanmaydi.

Skip to content Click to listen highlighted text!