Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ONA SHAHRIM – OBOD SHAHRIM

17:03 13.08.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi tomonidan turli targʻibot dasturlarini olib borish davom etmoqda. Bu gal koʻngilli talabalar shahrimizdagi Ekoparkda “Eko hashar” loyihasini amalga oshirdilar. Obod maskanga yanada chiroy qoʻshishni niyat qilgan yoshlar bogʻni chiqindilardan tozalashga oʻz xissalarini qoʻshdilar.

Shuningdek, davlat test imtihonlarini topshirayotgan abituriyentlar va ularning ota-onalariga “Yosh volontyorlar” jamoasi tomonidan sogʻlom turmush tarziga rioya qilish, toʻgʻri ovqatlanish targʻiboti boʻyicha maʼlumotlar berildi. Ayni issiq kunlarda oftob urushidan saqlanish, favqulodda vaziyatlarda bemorga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha ham tushunchalar berildi. Mavzuga oid tarqatma materiallarni ulashildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!