Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

IJARA XONADONLARI OʻRGANILMOQDA

10:51 19.08.2022

Yangi oʻquv yili boshlanishiga  ham sanoqli kunlar qoldi. Fakultetlarning dekan oʻrinbosarlari hamda tyutorlar davlat xususiy sherikchilik asosidagi yotoqxonalar va talabalarni ijaraga qoʻyuvchi xonadonlarning egalari bilan yaqindan suhbat olib bordilar.

Institut binosiga yaqin boʻlgan Yusuf Otabekov ko`chasi 3-,6-,8-uylar, Andijon tumani Qo`sh ariq dahasidagi «Al Saida» xususiy qizlar turar joyi hamda Shikor MFYda joylashgan «Chempion bolajaon» xususiy qizlar turar joyidagi  talabalarga yaratilgan sharoitlar yaqindan oʻrganildi. Hozirda turar joylarda qurilish-bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Oʻrganishlar davomida xonadon egalari ham taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!