Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SALOMATLIK AKSIYASI SHAHRIXON TUMANIDA DAVOM ETDI

18:08 19.08.2022

Aholi salomatligini saqlash, tibbiy salohiyatini oshirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida muntazam amaliy ishlar tashkil etilmoqda. Viloyatimizning eng chekka xududlarida aholimiz uchun bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazilayotgani buning bir namunasi.

Navbatdagi salomatlik aksiyasi Shahrixon tumanida olib borildi. Navoiy oilaviy shifokorlik punktiida o‘tkazilgan tadbirda salomatligi bo‘yicha 3-4-guruhga kiritilgan 700 nafar ziyod aholi ishtirok etdi. Institutning 11 nafar mutaxassislari bemorlarni tekshiruvdan o‘tkazib, ularga kerakli maslahatlar berdilar. Tibbiy ko‘rik davomida 64 ta UZI, 71 ta EKG va 200 dan ziyod klinik laborator tekshiruvlari o‘tkazilib, tashxislar bo‘yicha bemorlarga kerakli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, “Yosh volontyorlar” jamoasi ham patronaj hamshiralari bilan birgalikda fuqarolarimiz bilan suhbatda bo‘ldilar. Targ‘ibot davomida aholimizga sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilish, bemorlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish usullari haqida tushunchalar berib o‘tdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!