Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

NAVBATDAGI ILMIY KENGASH YIG‘ILISHI 2022-2023-O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARIGA BAG‘ISHLANDI

15:19 24.08.2022

Unda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, dekanlar, bo‘lim boshliqlari va kafedra mudirlari ishtirok etdi.

Dastavval Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinovning “Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha olib borilgan ishlar” hamda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonovning “Andijon davlat tibbiyot institutini 2022-2023-o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha hisoboti” tinglandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi arafasida o‘tkazilgan tadbirlar, institutda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, o‘quv xonalarining holati, Farmatsiya fakultetining ochilishi kabi mavzularga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilish so‘nggida institut rektori ichki tartib-qoidalarga amal qilish, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, bu borada profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish borasida ham ta’kidlab o‘tdi.

 

 

 

Skip to content Click to listen highlighted text!