Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KLINIK ORDINATURA MUTAXASSISLIKLARIGA XUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLARNING OG‘ZAKI IMTIXON JARAYONLARI BO‘LIB O‘TDI

15:29 26.08.2022

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 18-iyuldagi “2022/2023-o‘quv yilida klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul qilish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan Andijon davlat tibbiyot institutida klinik ordinatura mutaxassisliklariga xujjat topshirgan talabgorlarning og‘zaki imtixon jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Imtixon jarayonlarining ochilish marosimida institut rektori M.Madazimov ishtirok etdi va imtixon topshirayotgan vrachlarga omad tiladi.

Imtixon jarayonlarining shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida bir qator tashkilot vakillari, institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari va ota-onalar ishtirok etdi.

Imtixonda 420 nafar talabgorlar qatnashdilar va berilgan savollarga batafsil javob berib, bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Eslatib o‘tamiz, og‘zaki imtixon jarayonlari ertaga, 27-avgust kuni ham davom etadi. Test sinovlari esa joriy yilning 30-avgust kuni o‘tkazilishi belgilangan.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!