Andijon davlat tibbiyot instituti magistratura qaydnoma
Davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturaga 2022/2023-o’quv yili bo’yicha tanlov natijalari qaydnomasi
Magistraturaga kirishda abituriyentlar (bakalavr darajasiga ega bo‘lganlar, diplomli mutaxassislar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar.
1 Magistratura mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza (institutda yoziladi)
2. oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
3. 5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
4. 086-U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
5. Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abituriyentlar pasportini shaxsan ko‘rsatadilar va 4 dona ksero nusxasini taqdim etadi.
Magistraturaga qabul bo’yicha xujjatlarni rasmiylashtirish kuni alohida e’lon qilinadi.