Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OMAD SIZGA, ILK QALDIRG’OCHLAR!!!

13:36 31.08.2022

O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadiga qaratilgan Prezidentimizning 2019-yildagi PF 5847- sonli farmoyishiga binoan Andijon davlat tibbiyot institutida ham Dog’iston davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda 3+2 stomatologiya yo’nalishi bo’yicha qo’shma ta’lim dasturi shartnomasi imzolangan.

Unga ko’ra, 2019-yil ilk bor talabalikka  qabul qilingan yoshlar hozirda 3-kursni muvaffaqiyatli yakunlab, 4-5-kursni davom ettirish uchun Dog’iston davlat tibbiyot universitetiga jo’nab ketdilar. Talabalarimiz u yerda munosib kutib olindi. Ularga barcha shart-sharoitlar yaratish va ta’lim jarayonlarini sifatli amalga oshirishda har ikki oliy ta’lim muassasalari hamkorlikda faoliyat olib bormoqdalar.

Skip to content Click to listen highlighted text!