Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Pediatriya fakultetining navbatdagi ilmiy kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi

22:06 31.08.2022

Unda institut rektori M.Madazimov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor S.Salohiddinov hamda fakultet dekani ishtirok etdi. Yig’ilish davomida professor-oʻqituvchilar va kafedra xodimlariga yangi oʻquv yilida talabalarni munosib kutib olish, ularga dars o’tish sifati, kafedraning dekanat bilan hamkorlik faoliyati, kafedralarning yangi o’quv yiliga tayyorgarlik holati,, dars jarayonlarida korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik, kiyinish madaniyatiga rioya qilish kabi masalalarga alohida toʻxtalib oʻtildi.

Unda dastlab, 2021–2022-o’quv yilida qilingan ishlar tahlil qilinib, hisobotlar tinglandi. Talabalarning sifatli ta’lim olishlarini ta’minlash hamda uni yanada mustahkamlash bo’yicha fikr almashildi.

Yig’ilish yakunida berilgan takliflar asosida mas’ullarga vazifalar belgilandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!