Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MUTAXASSISLARIMIZ “BUYRAK KLINIK TRANSPLANTATSIYASI” BOʻYICHA ISH OLIB BORISHMOQDA

19:46 06.09.2022

Hozirgi kunda, umumiy jarrohlik kafedrasi dotsenti Matkarimov Baxtiyorjon rahbarligidagi bir qator mutaxassislarimiz Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridagi Akademik V.I.Shumakov nomidagi “Transplantologiya va sunʼiy aʼzolar” ilmiy tibbiyot markazida malaka oshirmoqda.

B.Matkarimov markaz direktori Akademik RAN Gote Sergey Vladimirovich bilan uchrashdi va unga Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov, umumiy jarrohlik kafedrasi mutaxassislarining salomini yetkazdi. Oʻz navbatida Sergey Vladimirovich hamda  institutning ilmiy kotibi Velikiy Dmitriy Alekseyevich jamoamizga oʻz javobini yoʻlladi.

Hozirda shifokorlarimiz tajribali mutaxassislar bilan “Buyrak klinik transplantatsiyasi” boʻyicha ish olib borishmoqda.

Skip to content Click to listen highlighted text!