Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SOGʻLOM ONA VA SOGʻLOM BOLA – YURT KELAJAGI

16:19 09.09.2022

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Onalik va bolalikni muhofaza qilish va aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qaror va farmonlari ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti professor-oʻqituvchilari tomonidan Asaka tumani Oila shifokorlari, akusher-ginekolog va neonatologlariga seminar oʻtkazildi. Seminardan koʻzlangan maqsad, Andijon viloyatida onalar va bolalar oʻlimining oldini olish va ularga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifat va samaradorligini oshirish belgilandi. Seminarga rejalashtirilgan «Homilador ayollarga tibbiy xizmatni tashkil etish va onalar oʻlimini oldini olish» mavzusi boʻyicha Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti Akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri t.f.d O.Yakubova mavzu borasidagi dunyo tajribasi haqida maʼlumot berib oʻtdi. Hozirda viloyatimizda bolalar oʻlimiga koʻproq sabab boʻlayotgan «Bolalarda zotiljam kasalligi» mavzusi boʻyicha fakultet Oila shifokorlari malakasini oshirish kafedrasi katta oʻqituvchisi M.Rahmatova va Gospital pediatriya kafedrasi assistenti Z.Mirzayeva kasallikni ambulator va shifoxona sharoitida davolash hamda uning profilaktikasiga alohida toʻxtalib oʻtdi. Seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga maʼruzachilar batafsil javob berishdi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!