Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MUTAXASSISLARIMIZ NAFAQAT BUYRAK, BALKI YURAK, JIGAR, OSHQOZON VA OSHQOZON OSTI BEZI JARROHLIK AMALIYOTLARIDA QATNASHISHMOQDA

10:28 10.09.2022

Xabaringiz bor, ayni damda Umumiy jarrohlik kafedrasi dotsenti Matkarimov Baxtiyorjon rahbarligidagi bir qator mutaxassislarimiz Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridagi Akademik V.I.Shumakov nomidagi “Transplantologiya va sunʼiy aʼzolar” ilmiy tibbiyot markazida malaka oshirmoqda.

Mutaxassislarimiz yetuk jarrohlar tomonidan amalga oshirilayotgan jarrohlik amaliyotlarida bevosita ishtirok etishmoqda. Ular nafaqat buyrak, balki yurak, jigar, oshqozon osti bezi va boshqa aʼzolarni transplantatsiya qilish boʻyicha koʻnikma hosil qilishmoqda. Shuningdek, mutaxssislarimiz buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyotlarida assistentlik qilishmoqda va yurak, jigar, oshqozon osti bezi va boshqa aʼzolarni transplantatsiya qilishning bir necha jarayonlaridan soʻng mazkur tashrixlarda ham assistentlik qiladilar.

Ishonamizki, tez kunlarda viloyatimizda Andijon davlat tibbiyot instituti mutaxassislari tomonidan ham yurak, jigar, oshqozon osti bezi va boshqa aʼzolarni transplantatsiya qilish jarayonlari amalga oshiriladi. Bundan maqsad, albatta, xalqimizning uzogʻini yaqin qilish, ularning salomatligini tiklash va tibbiyotdan rozi etishdir.

Skip to content Click to listen highlighted text!