Bugun, Andijon davlat tibbiyot institutida “Bizning institut jinoyatchilikdan xoli” mavzusida profilaktik tadbir o’tkazildi. Unda institut talabalari, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirda talabalar bilan yoshlar o’rtasidagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, turli yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolmaslik, internet tarmogʻidan oqilona foydalanish, boʻsh vaqtlarni behuda oʻtkazmaslik masalalarida suhbat olib borildi.
Shuningdek, talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari yuzasidan qator takliflar berildi.