Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SPORT TIBBIYOTINI RIVOJLANTIRISH YO’LIDA

13:44 20.09.2022

O’zbekiston Milliy olimpiya huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi ishchi guruhi Andijon davlat tibbiyot institutida bo’ldi va har ikki muassasa o’rtasida kelgusidagi amaliy hamkorlik istiqbollari haqida uchrashuv o’tkazildi. Dastavval ishchi guruhni institut rektori M.Madazimov hamda O’quv ishlari bo’yicha prorektor B.Abdullajonov kutib oldi va ularga Simulyatsiya va Inkubatsiya va akseliratsiya markazlari faoliyati haqida ma’lumotlar berildi.

Ma’lumot uchun aytish joizki, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi bosh direktori Kamolxon Sirojitdinov boshchiligidagi markaz ishchi guruhining institutimizga tashrifidan ko’zlangan maqsad Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromovning viloyatlardagi sport tibbiyoti imkoniyatlarini o’rganish va respublikaning turli burchaklarida RSTIAM filiallarini tashkil etish imkoniyatlarini o’rganish bo’ldi.

Uchrashuv davomida markaz vakillari tomonidan talabalar, magistrlar va klinik ordinatorlar ishtirokida anjuman o’tkazilib, RSTIAM sport tibbiyotini rivojlantirish va muassasa o’quvchilarini ayni shu sohada yuqori malakali ta’lim olishiga amaliy yordam berishga tayyorligi bildirildi. Ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, professor Iskandar Mavlonov esa talabalarga markazda amalga oshirilgan ilmiy izlanish va tadqiqotlar bo’yicha batafsil ma’lumot berib o’tdi.

Yig’ilish yakunlangach, har ikki muassasa rahbarlari Andijon RSTIAMning vodiydagi filialini ochish uchun qulay joy ekanligi, mutaxassislar bazasining mavjudligi, qolaversa vodiyning qolgan burchaklaridan ham sportchilar kelib, tibbiy tekshiruvdan o’tishlari uchun qulay joylashganligi aytildi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!