Mazkur ilmiy kengash yigʻilishida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov, prorektorlar, fakultet dekanlari, boʻlim boshliqlari va kafedra mudirlari ishtirok etdi.
Yigʻilishda dastavval sentabr oyi mobaynida samarali mehnat qilgan bir qator xodimlar va professor-oʻqituvchilar taqdirlandi.
Shundan soʻng Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor B.Abdullajonovning “Kafedralarda kredit modul tizimida oʻquv jarayonining olib borilishi” mavzusidagi hamda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor S.Salohiddinovning “Kafedralarda odob-ahloq qoidalariga amal qilish” mavzusidagi maʼruzalari tinglandi. Shundan soʻng bir qator kafedra va boʻlimlarning faoliyatiga oid taqdimotlar namoyish etildi.
Maʼruza va taqdimotlardan soʻng institut rektori Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining qurilish jarayonlari, darslarda moddiy texnika bazalari hamda axborot texnologiyalardan foydalanish orqali taʼlim sifatini oshirish, talabalar davomatiga jiddiy eʼtibor qaratish, salbiy illatlar va korrupsion holatlarga murosasiz munosabatda boʻlish kabi mavzularda tushuncha va topshiriqlar berdi.