Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimi xodimlari tomonidan Davolash fakultetining 2-va 3-bosqich talabalari oʻrtasida profilaktik tadbir oʻtkazildi. Unda talabalar va professor-oʻqituvchilarga institutimizda korrupsion holatlarning oldini olish, yoshlar oʻrtasida vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlash, odob-ahloq, kiyinish madaniyatiga qatʼiy rioya qilish qoidalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtildi.