Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimovning 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan institut xodimlariga yo‘llagan tabrigi

11:15 25.09.2022

Assalomu alaykum, mehridaryo, har bir so‘zida olamni yoritguvchi ustozlar! Mana bir necha yildirki, 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ni nishonlab kelmoqdamiz.

Minglab murg‘ak qalblarga ezgulik nurini ulashadigan, o‘z shogirdlariga hayot maktabini beradigan ustozlarimizga bayram muborak bo‘lsin deyman. Chindan ham Sizning har bir ko‘rsatgan yo‘lingiz bizning kelajagimizga nur bag‘ishlaydi. Shu sabab umrimiz davomida Sizga o‘xshashga harakat qilamiz.

Andijon davlat tibbiyot institutining professor-o‘qituvchilari jonkuyar ustoz bo‘lish barobarida tajribali shifokorlar hamdir. Bugungi kunda institutimizda 815 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, shulardan 40 nafari fan doktori, 195 nafari fan nomzodini tashkil etadi. Joriy yilda 12 ta falsafa doktori (PhD), 1 ta fan doktori (DSc) dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi. 4 ta fan doktori (DSc) dissertatsiyasi ilmiy seminar muhokamasidan o‘tkazilib, himoyaga tayyorlanmoqda.

Shuningdek, 2021-2022-o‘quv yili davomida professor-o‘qituvchilar mehnati munosib qadrlanib, Farmakologiya, klinik farmakologiya va tibbiyot biotexnologiyalari kafedrasi mudiri Qurbanova Diloramxon Ibragimjon qizi “Sog‘lom turmush” medali bilan, Ijtimoiy gigiyena va SSB kafedrasi mudiri Babich Svetlana Mixaylovna, Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti akusherlik va ginekologiya, neonatologiya kafedrasi mudiri Yakubova Oltinoy Abdug‘aniyevna, 1-umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash kafedrasi dotsenti Jo‘rayeva Mohigul Azimjanovna, Travmatologiya, ortopediya va neyrojarrohlik kafedrasi katta o‘qituvchisi Mamadjonov  Kamildjon Xasanbayevich, Bolalar jarrohligi kafedrasi dotsenti To‘ychiyev G‘olibjan O‘rmonjonovichlar “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Mana shunday o‘z kasbining mohir ustasi, bag‘rikeng ustozlarning shogirdlari hozirda Davlat mukofoti sovrindorlari, nomdor stipendiya egalari, respublika va xalqaro olimpiada g‘oliblari bo‘lib, institutimiz sharafini munosib himoya qilib kelishmoqda.

Muassasamizda har bir professor-o‘qituvchining mehnati eʼtibordan chetda emas. Bu gal ham 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan fidokorona mehnat qilayotgan 1271 nafar professor-o‘qituvchilar hamda barcha xodimlarning har biri budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan mehnatga haq to‘lashning bir barobari miqdorida mukofotlanmoqda.

Qadrli hamkasblar va faxriy ustozlar, Sizning har bir bosgan izingiz biz uchun ibrat, bilim manbai bo‘lib xizmat qiladi. Sizning mana shu sharafli va zaxmatli mehnatingizni qadrlagan holda, Siz va Siz orqali barcha ustozlarga uzoq umr, oilangizga tinchlik-totuvlik, sihat-salomatlik tilayman! G‘ayratingiz va bardoshingiz uchun Sizlarga katta raxmat aytaman! Baxtimiz bor bo‘ling, aziz fidoiylar!

Skip to content Click to listen highlighted text!