Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“AKUSHER AMALIYOTIDA YUQORI XAVFDAGI HOMILADORLAR” MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI

14:10 25.09.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti 1- hamda 2-Akusherlik-ginekologiya kafedralari hamkorlikda “Akusher amaliyotida yuqori xavfdagi homiladorlar” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Unda Saudia Arabiston davlati akusher ginekolog maslahatchi va perinatolog, Tibbiyot markazining ayollar va fetal salomatlikni muhofaza qilish bo‘yicha dastur direktori Doktor Arab Hisham ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar ham olib borildi. Mutaxassis, shuningdek, “Donald School Journal of Ultrasound” hamda “Saudi Journal of Obstetrics and Gynecology” jurnallarining bosh muharriri hamdir.

Ilmiy-amaliy anjuman davomida akusherlik amaliyotida yuqori xavfdagi homilador ayollar ko‘rigi o‘tkazilib, ularga maslahatlar berildi. Shundan so‘ng kafedraning professor-o‘qituvchilari, magistr, klinik ordinator, 4-bosqich xorijiy fakultet talabalariga hamda Farg‘ona vodiysi akusher-ginekologlariga “Akusher amaliyotida yuqori xavfdagi homiladorlar” mavzusida maʼruzalar tashkil etildi.Unda mazkur ayollarga qo‘yiladigan tashxislar, davolash profilaktikasi borasida tushunchalar berib o‘tildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!