Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN EHTIYOJMAND XOTIN-QIZLAR ROʻYXATINI SHAKLLANTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

10:49 26.09.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, rektor maslahatchisi X.Zokirov, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova va kengash faollari, Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo’limi boshlig’I S.Asqarov, fakultet dekani o’rinbosarlari ishtirokida yig’ilish o’tkazildi.

Ma’lumki, Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Respublika komissiyasi kengaytirilgan yigʻilishining 1-sonli bayonida oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlar roʻyxatini shakllantirish hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan tartibda ularga “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 15 barobarigacha toʻlov kontraktini toʻlab berilishini tashkillashtirish vazifasi belgilangan edi. Shu munosabat bilan institut ishchi guruh a’zolari tomonidan fakultet dekanatlari taqdim etgan talabgorlarning xujjatlari o’rganib chiqildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!