Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ENDOVASKULYAR ONKOJARROH TOMONIDAN MAʼRUZALAR VA OPERATSIYALAR OʻTKAZILDI

19:24 28.09.2022

Rossiya Federatsiyasi Davlat byudjet muassasasi – Milliy tibbiy radiologiya tekshirish markazi filiali, P.A.Gersen nomidagi Moskva ilmiy-tekshirish onkologik kasalliklar instituti mutaxassisi, tibbiyot fanlari nomzodi, endovaskulyar onkojarroh  Petrosyan Artur Pavlovich Andijon davlat tibbiyot institutining Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi,  Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filiali va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialida boʻldi.

Malakali  mutaxassis onkologiyaning dolzarb muammolari boʻyicha maʼruzalar oʻtkazdi, shuningdek  “Maloinvaziv endovaskulyar jarroxligi” doirasida onkologik kasalliklarda “Kimyoterapiya va ximioembolizatsiya ” namunali jarrohlik amaliyotlarini olib bordi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!