Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OʻRTA ASRLAR SHARQINING QOMUS UL-ILIMI

21:15 03.10.2022

Shuningdek, astronomi, geografi, maʼdanshunosi, etnografi, tarixchisi, shoiri boʻlgan ulugʻ alloma Abu Rayhon Beruniyning hayot faoliyatini qancha oʻrgansak, shuncha kam. Shu sabab Andijon davlat tibbiyot institutida bobomizning hayoti va ijodiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi. Unda Davolash fakulteti dekani B.Mamatov. dekan oʻrinbosari M.Oʻlmasov, professor-oʻqituvchilar va tyutorlar ishtirok etdi.

Professor-oʻqituvchilar talabalarga Beruniyning yoshligi va ilm yoʻlidagi ilk izlanishlari borasida maʼlumot berib oʻtdilar. Zero, Beruniy yoshligida o’zi o’lchab olgan natijalarni tahlil qilar ekan, ular anchagina ishonchli bo’lganligini ta’kidlaydi. Yoshlik yillarida u quyosh tutilishini kuzatish bilan shug’ullanadi. 22 yoshida Beruniy Markaziy Osiyoda birinchi bor yer globusini yaratdi. O’zidan oldingi ajdodlar qoldirib ketgan ko’plab kitoblarni o’rganadi va bizgacha yetib kelgan, turli xalqlarning yil hisoblari haqidagi ilk yirik asari – “Osorul boqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”)ni yaratadi. Unda yunonlar, rimliklar, forslar, sug’diylar, xorazmiylar va boshqa ko’plab qabila va xalqlarning barcha davrlari, bayram hamda taqvimlari, shuningdek Sharqning turli mamlakatlarining madaniyat va adabiyot tarixi to’la bayon etilgan. Bu asarda Beruniy o’zini faqat elshunos olim emas, balki tilshunos, arab, yunon, fors, suryoniy va boshqa til hamda adabiyotlarning bilimdoni sifatida namoyon etdi.

Mana shunday maʼlumotlardan oʻrnak olgan talabalar ham allomamiz hayoti va faoliyatiga oid fikr-mulohazalarini bildirdilar.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!