O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida nogironligi bo’lgan talabalari o’rtasida “Eng yaxshi talaba” respublika tanlovi o’tkazilmoqda.
Tanlovning asosiy maqsadi jamiyatga, davlatga yetuk yosh, raqobarbardosh
kadrlarni yetishtirib berish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatini, talabalik nufuzini oshirish hamda rag’batlantirishdan iborat.
Tanlov bosqichma-bosqich o’tkaziladi:
1 – Har bir oliy ta’lim muassasasida ikki turda tashkillashtiriladi:
birinchi tur – har bir fakutet (kesimi)da o’tkaziladi;
ikkinchi tur – oliy ta’lim muassasasi miqyosida, fakultetlar kesimida g’olib bo’lgan ishlirokchilar o’rtasida olib boriladi.
2 – Tanlovning respublika bosqichi esa joriy yilning «3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni» arafasida o’tkaziladi.
1-,2- va 3-o’rinlarni egallagan g’oliblar oliy ta’lim muassasasining faxriy
yorlig’i bilan mukofotlanadi hamda tegishli ravishda l-o’rin sohibi bazaviy
hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida, 2-o’rin sohibi bazaviy hisoblash
miqdorining 8 barobari miqdorida va 3-o’rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 6 barobari miqdorida moddiy rag’batladiriladi.
Tanlovda ishtirok etishni istaganlar 2022-yilning 25-26-oktabr kunlari ilmiy bo’limga, Sherzodbek Bo’stonovga taqdim etishlari mumkin!