Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“YOSHLAR DAFTARI” JAMG‘ARMASI TOMONIDAN 200 NAFARDAN ZIYOD YIGIT-QIZLAR TAQDIRLANDI

21:05 24.10.2022

Bugun Andijon viloyati Yoshlar markazida “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan yordam olgan yigit-qizlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu jamg‘arma joriy yilning 7-iyunida qabul qilingan  “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori asosida tashkil qilingan.

Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi xodimlari va yoshlar yetakchilari, viloyat va Andijon shahar masʼul mutasaddilari,“Yoshlar daftari” jamg‘armasidan yordam olgan 200 nafar, oliy taʼlim muassasalari tomonidan kontrakt to‘lovlari to‘lab berilgan 135 nafar yigit-qizlar, ota-onalar hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Dastlab, viloyatdagi yoshlar masalalari hamda jamg‘arma tomonidan amalga oshirilgan tizimli ishlar, yutuqlar aks etgan videorolik taqdim etildi. Shundan so’ng, Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Feruz Ablayarov so‘z olib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor va g‘amxo‘rlik, ular uchun yaratilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlarga to‘xtalib, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi ko‘plab yoshlarni o‘z orzu-niyyatlariga yetishlariga keng imkoniyatlar eshigini ochib berayotganligini alohida taʼkidladi.

Taqdirlash marosimida “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan yordam olgan yoshlarni taqdirlash uchun agentlikning Andijon shahar bo‘limi hamda shahar sektor rahbarlariga umumiy summa va to‘lov vaucherlari tantanali topshirildi.

Ushbu tadbirda Andijon davlat tibbiyot institutining xodimlari hamda talabalari ham ishtirok etdilar. Unda institut talabalarining 30 nafardan ziyodiga konrakt to‘lovlari jamg‘arma tomonidan to‘lab beriladigan bo‘ldi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!