Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA VOLONTYORLIK MARKAZI TASHKIL QILINDI

12:53 25.10.2022

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida joriy yilning 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda berilgan topshiriqlarning 54-sonli bayoni 12-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan “Volontyorlik faoliyatini yanada qo’llab-quvvatlash va muvofiqlashtirishga qaratilgan harakatlar dasturi” tasdiqlangan. Mazkur dasturga muvofiq, mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida Volontyorlik markazlari tashkil etilmoqda.

Shu jumladan, Andijon davlat tibbiyot institutida 2018-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan “Ibn Sino izdoshlari” volontyorlik guruhiga yangi maqom berish marosimi bo’lib o’tdi. Unda institut rektori M.Madazimov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, yosh volontyorlar va talabalar ishtirok etdi.

Institut rektori volontyorlik guruhining faoliyati, erishilgan yutuqlar, ularning aholiga ko’rsatayotgan yordami, talabalarga o’tkazilayotgan mahorat darslarining foydalilik jihatlariga alohida to’xtalib o’tdi.

Ochilish marosimida viloyat Volontyorlik markazi bosh koordinatori S.Odiljonova ham ishtirok etib, viloyatda ilk bor Andijon davlat tibbiyot instituti volontyorlik faoliyati asosida Volontyorlik  markazi tashkil etilayotgani bilan yig’ilganlarni qutlab, markaz haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etdi.

Institut volontyorlik guruhi a’zolari o’z faoliyatlari to’g’risida taqdimot namoyish etdilar. Tadbir davomida kichik guruhlarga bo’lingan holda 4 ta yo’nalish loyihalar rejasi ishlab chiqildi. Unga ko’ra, ma’naviy-ma’rifiy, sport va ommaviy tadbirlardagi, ijtomoiy ekologiya, tarjomon volontyorlik yo’nalishlari tashkil etiladigan bo’ldi.

Qolaversa, tadbirda institut Volontyorlik markazi koordinatori etib Ilyosmirzo Ziyayev saylandi. Tadbir yakunida volontyorlik markazi a’zolari tomonidan bemorlarga birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatish usullari amaliy mashg’ulot shaklida namoyish etildi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!