Ilk bor Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi miqyosida tashkil etilgan “Ilm-fan fidokori” xalqaro ilmiy-amaliy koʻrik tanlovi oʻtkazildi. Unda Andijon davlat tibbiyot institutining Davolash fakulteti tyutori Madina Mamajonova hamda Stomatologiya fakulteti tyutori Mashhura Sattorova ham taqdirlandi.
Mazkur tanlovda M.Mamajonova “Kiyinish madaniyatining mentalitetimizda namoyon boʻlishi” maqolasi, “Oliy taʼlimning oltin qoidalari” mavzusidagi qoʻllanmasi, M.Sattorova esa ingliz tilida fizika fani boʻyicha “Yangi oʻqitish ped-texnologiyasi” mavzusidagi ilmiy-metodik maqolasi bilan ishtirok etdi.
“Ilm-fan fidokori” esdalik nishoni sohibalarining kelgusidagi ilmiy izlanishlarida omad va zafarlar tilaymiz!