Joriy yilning 26-27-oktabr kunlari Samarqand shahrida “Taʼlim, ishlab chiqarish va ilmiy samaradorlikni boshqarish” mavzusida III Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi boʻlib oʻtmoqda. Unda Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori K.Salohiddinov ham ishtirok etmoqda.
Institutimiz prorektori forumga tashrif buyurgan Qozon federal universiteti prorektori T.Anishev hamda Boltiq fideral universiteti rektori A.Fedorov bilan uchrashib, oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, oʻquv va ilmiy ishlar yoʻnalishlarida tajriba almashinuvini yanada rivojlantirish boʻyicha shartnoma imzoladilar.