“YIL AYOLI” MILLIY TANLOVIDA ISHTIROK ETING – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“YIL AYOLI” MILLIY TANLOVIDA ISHTIROK ETING

10:59 29.10.2022

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi hamda Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan 35 yoshdan yuqori hamda oʻz yoʻnalishi boʻyicha faoliyat bilan kamida 5 yil mobaynida uzluksiz shugʻullanib kelayotgan ayollar, shuningdek, uy bekalari oʻrtasida “Yil ayoli” milliy tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovning maqsadi — mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissasini qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat boʻlish bilan birga oʻzi faoliyat koʻrsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari boʻlgan ayollarni qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirish, munosib taqdirlash hamda bu boradagi ilgʻor tajribalarni ommalashtirishdan iborat.

Tanlov uch bosqichda oʻtkaziladi:

Birinchi bosqich — tuman (shahar) bosqichi;

Ikkinchi bosqich — hududiy bosqich (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi);

Uchinchi bosqich — respublika bosqichi.

Barcha bosqichlarda tanlov ishtirokchilari quyidagi shartlar asosida baholanadi:

Birinchi shart — «Oʻzini tanishtirish». Ushbu shartda tanlov ishtirokchilari 3 daqiqa ichida oʻz faoliyati, oilasi, jamiyatda tutgan oʻrni, hududidagi faolligi haqida soʻzlab berishi hamda taqdimotini namoyish etishi zarur.

Ikkinchi shart — «Savol va javob». Ushbu shartda ishtirokchilarga mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, ayniqsa oila, xotin-qizlarni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularning davlat hamda jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlashga qaratilgan 2 tadan savol beriladi va 2 daqiqa vaqt ajratiladi.

Uchinchi shart — «Zamonaviy oʻzbek ayoli» mavzusidagi videorolik namoyishi. Ushbu shartda ishtirokchilar oʻzlarining faoliyat yoʻnalishi boʻyicha 3 daqiqalik videorolik namoyishini taqdim etadi.

Tanlovning respublika bosqichida belgilangan 3 ta shart asosida ishtirokchilarning toʻplagan ballariga qarab, oliy oʻrin, 1, 2 va 3-oʻrin hamda belgilangan nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi.

Mazkur milliy tanlovda ishtirok etishni istaganlar Andijon davlat tibbiyot instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi G.Xolmatovaga murojaat qilishlari mumkin.

Skip to content Click to listen highlighted text!