Pediatriya fakulteti talabalari o’rtasida “O’zbekiston yoshlari buzg’unchi g’oyalarga qarshi” mavzusida videoroliklar tanlovi e’lon qilingan edi. Mazkur tanlovda 50 nafardan ziyod talabalar o’z ijodiy ishlari bilan faol qatnashishdi. Bugun mazkur tanlov g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Unda O’quv ishlari bo’yicha prorektor B.Abdullajonov, fakultet dekani o’rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida so‘z olganlar “yoshlar”, “buzg‘unchi g‘oyalar” tushunchalari, institutimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik holatlarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdilar. Shundan so’ng tanlov g’oliblarining videoroliklari namoyish etildi. Yoshlar o’z videoroliklarida mamlakatimizda yosh avlodni barkamol voyaga yetishi uchun yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanib jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlariga birgalikda kurashish zarurligini ifodaladilar.
Tadbir yakunida 101-guruh talabasi A.Abduhalilov, 305-guruh talabasi X.To’rayev, 206-guruh talabasi S.Sobirov, 202-guruh talabasi E.Karimjonov, 413-guruh talabasi F.Ne’matjonov, 308-guruh talabasi A.Nishonboyev, 419-guruh talabasi J.Turdiyev hamda 507-guruh talabasi K.Tolipov munosib taqdirlandi.