DOKTORANTLAR VA ILMIY IZLANUVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT OʻTKAZILDI
21:52 01.11.2022
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Ahmadbek Yusupov Andijon davlat tibbiyot instituti prorektorlari, kafedra mudirlari, doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar bilan ochiq muloqot olib bordi. Unda institut rektori M.Madazimov ham ishtirok etdi.
Muloqot chogʻida Oliy attestatsiya komissiyasida olib borilayotgan islohotlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Uchrashuv davomida AT.Yusupov tomonidan ixtisoslashgan ilmiy kengashlarga akademik mustaqillik berilayotgani, oliy malakali kadrlarni tayyorlashdagi olib borilayotgan islohotlar, Oliy attestatsiya komissiyasining interaktiv.oak.uz platformasida 7 ta tizim ishga tushirilishi rejalashtirilgani, shundan 6 ta tizim ishlayotgani, dissertatsiyalar jamoaviy elektron ekspertiza tizimi test rejimida ishlayotgani haqida batafsil maʼlumot berib oʻtildi..
Shundan soʻng doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va oʻz takliflarini bildirdilar.