Kishi oʻzidan yaxshilik va koʻrkam bogʻ qoldiradi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umumilliy loyihasida Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi ham munosib ishtirok etmoqda. Unda avvalo, institut rektori M.Madazimov, prorektorlar va fakultet dekanlari mevali va manzarali daraxtlarni oʻtqazishga start berdilar. Soʻngra Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti faollari va institut xodimlari ham hayrli ishni davom ettirdilar.
Mazkur loyiha institutning oʻquv binolari, Talabalar turar joyi, Yangi Andijon hamda Ekopark xududlarida ham amalga oshirildi. Quvonarlisi, loyiha doirasida pavloniya daraxtlari bilan bir qatorda 61 tup manzarali va 20 tup mevali daraxtlar oʻtqazildi.
Tabiatni asrab-avaylash, uning chiroyiga yanada goʻzallik ulashish bizning chin insoniylik burchimizdir. “Yashil makon” umumilliy loyihasidagi tadbirlar davom etmoqda, unda barcha xodimlar va talabalarni birdamlikka chorlab qolamiz!