Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ASAKA TUMANI MAHALLA AHOLISI BILAN UCHRASHUV O’TKAZILDI

19:30 06.11.2022

Asaka tumanidagi Devatagi hamda Zankan MFYlarida Andijon viloyati hokimligi ishchi guruhi aʼzolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408 qaroridagi viloyat hududlarini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bogʻliq eng dolzarb masalalarni tizimli hal qilish, xususan joylarda ichki yoʻllar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz taʼminotini, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma obʼyektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish chora-tadbirlariga  bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Unda mahalla raisi, Xotin-qizlar targʻibot ishlari boʻyicha oʻrinbosari, Hokim yordamchisi bilan bir qatorda Andijon davlat tibbit instituti rektori M.Madazimov, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor B.Abdullajonov ham ishtirok etdi.

Yigʻilish davomida mahalla aholisiga mazkur qarorning mazmun-mohiyati, aholini qiynab turgan muammolarni tizimli hal etish, ularning taklif-mulohazalarini oʻrganish toʻgʻrisida maʼlumotlar bildirildi. Shuningdek, Oʻquv ishlari bo’yicha prorektor B.Abdullajonov oʻz nutqida hududiy ishchi guruh rahbarlari mahallalar kesimida aholida reja jadvalini tasdiqlash va har xafta joylarga chiqqan holda mahallarda amalga oshirilgan ishlarni oʻz vaqtida va samarali olib borish vazifasi yuklatilishini aytib oʻtdi. Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini va aholining fikr-mulohazalarini tizimli oʻrganib, mavjud muammolarni hal etish boʻyicha respublika ishchi guruhiga taklif kiritilib borilishi toʻgʻrisida aytib oʻtildi. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilish, uning natijadorligini har oyda muhokama  qilib borish va ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirishga masʼul etib bosh vazir oʻrinbosarlari belgilanganligi takidlab oʻtildi.

Yigʻilish davomida aholining ham fikr-ulohazalari tinglanib, kommunal xizmatlari borasidagi muammolari hal etilib, qarorga muvofiq pul mablag’lari ajratildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!