Mamlakatimizdagi Oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi sportsevar yoshlar ishtirok etayotgan “Universiada-2022” musobaqalarining Stol tennisi sport turi bo’yicha Respublika bosqichi 6-8-noyabr kunlari bo’lib o’tdi.
Ushbu sport turi bo’yicha “Universiada-2022” sport o’yinlarining Respublika final bosqichida Andijon viloyati jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi. G’oliblar oltin medal, birinchi darajali diplom hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.
Stol tennisi bo’yicha musobaqalarga Xorazm viloyati mezbonlik qildi. Unda respublikamizning barcha viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog’iston Respublikasi jamoalari ishtirok etdi.