Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Davolash, Pediatriya va Stomatologiya fakultetlarining 1-, 2- va 3-bosqich talabalari uchrashuv olib bordi. Unda prorektorlar, fakultet dekanlari, ularning oʻrinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.
Dastavval institut rektori taʼlim muassasasi intizom qoidalari, kiyinish madaniyati borasida alohida taʼkidlab oʻtdi. Soʻngra, talabalarga oʻquv jarayonlari, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari, unda talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, chet tillarini oʻzlashtirib, milliy va xalqaro sertifikatlarga ega boʻlayotgan yoshlarning oylik stipendiyalarining ortishi, xorijiy oliy taʼlim muassasalarida talabalar almashinuvi asosida oʻqishni davom ettirish, darslarda kompyuter texnologiyalaridan hamda boʻsh vaqtlarda ARM kitob fondlaridan foydalanish, toʻgaraklarda ishtirok etish kabi mavzularda keng maʼlumotlar berib oʻtildi.
Uchrashuvdan soʻng mavzu borasida yoshlarning ham fikr-mulohazalari oʻrganilib, ularni qiynab turgan muammolar yechimi boʻyicha fakultet rahbarlariga kerakli topshiriq va vazifalar belgilab berildi.