“BIZ YOSHLAR TAZYIQ VA ZO’RAVONLIKKA QARSHIMIZ” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“BIZ YOSHLAR TAZYIQ VA ZO’RAVONLIKKA QARSHIMIZ” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI

13:48 11.11.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida “Biz yoshlar tazyiq va zo’ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Unda Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova, Rektor  maslahatchisi  X.Zokirov, Stomatologiya fakulteti dekan oʻrinbosari X.Mahmudov, Profilaktika  inspektori J.Xoʻjayev, fakultet  tyutorlari hamda  talabalar ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbirga  mehmon sifatida Andijon  shahar Adliya bo’limidan S.Qoraboyeva va A.Egamnazarov hamda Viloyat IIB Xotin-qizlar masalalari  boʻyicha katta inspektor, podpolkovnik  Z.Xolmatova taklif qilindi.

Dastlab, institut Xotin-qizlar  kengashi raisi G.Xolmatova  soʻzga  chiqib,  Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish boʻyicha respublikamizda, xususan institutimizda olib borilayotgan ishlar  boʻyicha maʼlumotlar  berib  oʻtdi. Qolaversa, bugungi  kunda  barchani  tashvishga  solayotgan  muammolar boʻyicha  toʻxtalib, hozirgi kunda dunyo miqyosida shaxs  hayoti va   sogʻligiga qarshi  jinoyatlarning  deyarli  40%, har 4  qotillikni bittasi, qasddan badanga   shikast  yetkazish, har  beshtadan bittasi koʻproq  oila  sohasida  sodir  etilayotganligini aytib, Oʻzbekiston Respublikasining 28-moddasida “Hech kim tazyiq, zoʻravonlikka  duchor  etilishi  mumkin  emas”  deb koʻrsatilgan ekalnligini alohida taʼkidladi.  Yuqoridagi kabi holatlardan yoshlarimizni turli mafkuraviy  gʻoyalar  taʼsiriga tushib   qolmasliklari  uchun maʼnaviyat  va  tarbiyani  yanada  yuksaltirish zarurligini  aytib  oʻtdi.

Shundan so’ng, Viloyat IIB  Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, podpolkovnik Z.Xolmatova soʻzga chiqib, milliy mentalitetimizga xos  yoʻnalishlar, ayolning  oiladagi  oʻrni  va  vazifalari  toʻgʻrisida alohida  toʻxtalib  oʻtdi. Shuningdek,  xotin-qizlar zo’ravonlik va tazyiqqa uchraganda, zo’ravonlik hamda tazyiq o’tkazgan shaxslarni qonun oldida javob berishlari muqarrarligi, himoya orderi berish tartibi haqida ma’lumot berdi.

Tadbir yakunida, Stomatologiya fakulteti tomonidan “Biz yoshlar tazyiq va zoʻravonlikka qarshimiz” mavzusida oʻtkazilgan videoroliklar hamda rasmlar  tanlovida gʻolib boʻlgan  talabalar institut    rahbariyati  tomonidan tashakkurnomalar  bilan taqdirlandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!