Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimovning Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimovning Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

17:29 12.11.2022

Aziz hamkasblar, shifokorlik deb atalmish mashaqqatli sohaning fidoiy, jonkuyarlari! Barchangizni Tibbiyot xodimlari kuni bayrami bilan samimiy muborakbod etaman!

2006-yil 12-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq mamlakatimizda noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi shifokorlarning kasb bayrami kuni sifatida tantanali nishonlab kelinmoqda. Bu esa siz-u bizga qaratilgan eʼtiborning yana bir namunasi desak, mubolagʻa emas!

Maʼlumki, oʻtgan yil biz – Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi uchun juda ham katta xursandchiliklarni taqdim etdi. Boisi, Prezidentimiz institutimiz klinikasiga tashrif buyurib, yetuk mutaxassislarimiz bilan yaqindan muloqotda boʻldi. Ana shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq klinikada qurilish va bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi. Qolaversa, talabalarimiz uchun 1000 oʻrinli oʻquv binosi ham qurib bitkazilmoqda. Qurilish ishlari yakunlangandan soʻng eng yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari shifokorlarimiz tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun esa hozirdanoq tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborganmiz, yaʼni bir qator mutaxassislarimiz xorijning yetakchi tibbiyot muassasalarida buyrak, jigar, yurak koʻchirib oʻtkazish boʻyicha malaka oshirishmoqda.

Shuningdek, xalqimizga yuqori sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida viloyatimizning eng chekka xududlarida chuqurlashtirilgan tibbiy-koʻriklar oʻtkazish ham anʼanaga aylanib ulgurgan. Unda bir qator shifokorlarimiz oʻz tashabbuslari bilan ishtirok etishmoqda. Qolaversa, kam taʼminlangan oilalarning bemorlari bepul operatsiya qilinmoqda. Bularning barchasi xalqimizni tibbiyotdan rozi qilishga qaratilgan amaliy ishlarning bir namunasidir.

Qadrli boʻlajak shifokorlar, aziz talabalarim! Bugun sizning ham bayramingiz. Sizlar mana shunday mehnatkash va samimiy ustozlardan taʼlim-tarbiya olayapsiz. Kelajakda Siz ham ulardek xalqimizga dildan xizmat qiling, har bir bemorni birgina dori-darmon bilan emas, yurak qoʻringiz va shirin soʻzingiz bilan davolang, deymiz!

Hurmatli shifokorlar, barchangizni yana bir bor bayram bilan qutlab, Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilangizga xotirjamlik, kasbiy faoliyatingizda esa zafarlar tilayman!

Skip to content Click to listen highlighted text!