Viloyatimizda 18-noyabr – Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlangan tadbirda harbiy vatanparvarlar, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar qatori Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov hamda institutimiz jamoasi, talabalar ham ishtirok etdi.
Kechada viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov bevosita ishtirok etib, ozod va obod Oʻzbekiston fuqarolari uchun mustaqillikning muqaddas ramzlari – Davlat gerbi, Davlat bayrogʻi, Davlat madhiyasi aziz ekanligi xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirdi.
Shuningdek, tadbirda yoshlar ham oʻz fikrlarini bildirib, respublika va xalqaro miqyosda erishayotgan yutuqlari, Davlat madhiyamiz va bayrogʻimiz koʻkka koʻtarilgandagi his-hayajonlari bilan oʻrtoqlashdilar.
Tadbir davomida sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan Vatan, uning kejagi va mahobatli bayrogʻini madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar barchaga gʻurur va iftixor baxsh etdi.